Mirjalol Qosimov: Darsga kechqurun tayyorgarlik ko‘rish kerak. Bo‘lmasa, matematika yoki adabiyot kitob qolib ketishi mumkin

  • 6 aprel, 2024, 22:20
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan "Surxon" - OKMK bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida olmaliqliklardan ustun keldi. 

Sunnatulloh Hamidjonov hamda Asadbek Karimov tomonidan kiritilgan gollar "Surxon"ga 3 ochko taqdim etdi. 

Bellashuvdan so‘ng olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida uning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 

- Avvalambor, kirib kelayotgan Hayit ayomi bilan hammani tabriklayman. Uchrashuvga kelsak, bugun o‘ynaganimiz yo‘q. Bellashuvdan oldin menimcha uch ochkoni cho‘ntagimizga solib qo‘yganmiz. Statistika ham o‘yinimiz chiqmaganini ko‘rsatib turibdi. Biroq "Surxon"ni haqli g‘alaba bilan tabriklayman. Oxirgi 10-15 daqiqada shijoat yo‘q edi.

- Nodirbek Abdurazzoqov hamda Aziz Holmurodovni maydonga ertaroq tushurish varianti haqida o‘ylab ko‘rmaganmidingiz? 

- Yutuq bor joyda mag‘lubiyat ham bo‘ladi. Futbol shunisi bilan qiziq. Ertalabdan kechgacha jamoa bilan yursangiz, bunday savollarni bermagan bo‘lardingiz. To‘g‘ri, yigitlar yosh. Ularga imkon berilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, yoshlar o‘z ustida ishlashi kerak. Ularga tanbeh ham beriladi va nimadirlarni o‘rgatishga ham harakat qilamiz. Antalyadagi yig‘inda Aziz 6 ta o‘rtoqlik uchrashuvining 4 tasida harakat qildi va gol urdi. Keyingi o‘yinlarda ham maydonga tushdi va birorta ham gol urmadi. Sizlar shu erdan turib gapirasizlar. Ular bilan birga mashg‘ulotlarda ishtirok etib, birga yursangiz, hammasini tushunib etasizlar. Ularga yagona tavsiyam - o‘z ustida ishlash. Yosh degani - futbolchi degani emas. Xudo xohlasa, o‘z ustida ishlasa, uni Milliy terma jamoada ham ko‘rishimiz mumkin. 

- "Surxon" jamoasi oxirgi uchrashuvlarda OKMK uchun xavfli raqibga aylanib bormoqda. Siz mana shu faktorni inobatga olganmidingiz?

- Unday deb o‘ylamayman. Har bir uchrashuvga tayyorlanish shart. Vaziyatga bunday yondashmaslik kerak. O‘quvchi ham maktabga ertalab turib, tayyorgarlik ko‘rsa, matematika yoki adabiyot kitobi qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Darsga kechqurunni o‘zida tayyorgarlik ko‘rishni boshlash kerak. Futbol ham shunday narsa. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
АБВГДейка
07/04/2024 07:45
У́глинг 4-ракамга арзимайди
Азимов Хасанбой
07/04/2024 06:24
Миржалол гохида доно буб кетади донишмандларам дамини олади.