Mirazizbek Mirzahalilov kubalik bokschini mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi!

  • 21 sentabr, 2019, 19:39
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

-57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Mirazizbek Mirzahalilov hal qiluvchi jangda kubalik Lazaro Alvares Estradaga qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli tarzda kechgan bahs ikkinchi raundda kubalik bokschining jarohati olgani bois to‘xtatildi va aynan shu vaqtga qadar bo‘lgan ochkolar hisoblab chiqilganda hakamlar bokschimizning g‘alabasini qayd etishdi.

Tecno

Shu tariqa, Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan Mirzahalilov jahon birinchiligida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun oldinda bizni Dilshodbek Ro‘zmetov va Bahodir Jalolov ishtirokidagi finallar kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ramzis ll
21/09/2019 20:58
Gap yo'q yigitlar Rossiyada madhiyamizni yangratganinglar g'ururlanib ketdim.
Ronaldujunior
21/09/2019 21:20
Shu tempda ketsa buyuk bokschi bo`ladi bu bola