
Milner "Barselona" borasida gapirishni istamadi
"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner "Barselona" borasida berilgan savollarga javob berishni istamadi.
"Bu haqida hozir gapirishni istamasdim. Bizni yakshanba kuni "Kardiff"ga qarshi kechadigan qiyin o‘yin kutmoqda. Ular APLda qolish uchun kurashishmoqda. Bu esa bizga bosim o‘tkazishi mumkin. APL chempionligini qo‘lga kiritishni istasak, "Kardiff" maydonida buni isobtlashimiz lozim", - degan Milner so‘zlaridan keltirmoqda Liverpool Echo.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" EChL yarim final bosqichida "Barselona"ga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuvlar 1-7 may sanasida o‘tkaziladi.
Fikrlar