Milliy gvardiya Qo‘mondoni sport federatsiyasilaridan biriga rahbar etib saylandi

CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish videoselektor shaklida tashkil etildi. Unda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Bu haqda sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Yig‘ilishda dastlab, O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Mirzakulov 2017-2020 yillarda federatsiya tomonidan amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar orasida qo‘l jangi sport turi ommaviylashib, tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Ortda qolgan yillarda mamlakatimizda bir qator yirik xalqaro musobaqalar tashkil etildi. Sportchilarimiz tomonidan xalqaro musobaqalarda muntazam ravishda yuqori o‘rinlar qo‘lga kiritildi.

Qo‘l jangining mamlakatimiz sportidagi o‘rnini yangi bosqichga olib chiqish uchun O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugungi yig‘ilishda federatsiyaga yangi rahbar saylash va shu orqali tashkilotning ish faoliyatini tizimli tashkil masalasi ko‘rib chiqildi.

photo_2020-09-11_16-53-57

Yig‘ilishda O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi raisi lavozimiga bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondoni sifatida faoliyat olib borayotgan Djuraev Rustam Mirzaevich nomzodi taklif etildi va yig‘ilish delegatlari tomonidan bir ovozdan saylandi.

photo_2020-09-04_12-52-12

Yig‘ilish yakunida Rustam Djuraev federatsiya raisi lavozimiga saylanishida ishonch bildirganlarga alohida minnatdorlik bildirib, qo‘l jangi sport turini mamlakatimizda yangi bosqichga olib chiqish, bu sport turi bo‘yicha sportchi va trenerlarga shart-sharoitlar yaratish, yurtimizda uyushmagan yoshlar o‘rtasida ushbu sport turi bo‘yicha tizimli musobaqalar tashkil etish, shuningdek, federatsiyaning hududlardagi moddiy-texnika bazasini takomillashtirish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan takliflarini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!