
"Milan" yana bosh murabbiyni o‘zgartirmoqchi(mi?)
Italiyaning "Milan" klubiga taniqli mutahassis Devid Moyesning xizmatlarini taklif qilishdi. Oldinroq, "Milan" "Inter"ga qarshi derbida mag‘lub bo‘lsa, Paulo Fonsekani istefoga chiqarishi va uning o‘rniga yangi bosh murabbiy tayinlashi haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi.
Nomzodlar orasida Tomas Tuxel, Edin Terzich, Massimiliano Allegri va Mauritsio Sarrilarning borligi ma’lum bo‘ldi. Football Italia nashrining manbalarga tayanib xabar berishicha, "rossoneri" rahbariyati o‘ziga ishlovchi agentlari orqali Devid Moyesni murabbiylik postiga tayinlashni taklif qilgan. 61 yoshli mutaxassis hozirda "Vest Xem"ni tark etganidan keyin klubsiz yuribdi
.
Biroq, "Milan" Moyesning rad javobi berishi mumkinligini inobatga olib, boshqa nomzodlarni ham ko‘rib chiqadi. Ulardan asosiylari yuqorida aytilganidek, "Chelsi", "Yuventus", "Napoli" va "Latsio"ning sobiq bosh murabbiyi Mauritsio Sarri va Dortmundning "Borussiya"sida ancha samarali ishlagan Edin Terzich.
Fikrlar