
"Milan" ustozi Zlatan Ibragimovich qachon maydonga qaytishi haqida gapirib o‘tdi
"Milan" ustozi Stefano Pioli jamoa hujumchisi Zlatan Ibragimovichning maydonga qachon qaytishi haqida o‘z taxminlarini bildirib o‘tdi.
"Zlatan derbigacha maydonga qaytishiga umid qilaman.
Uning boldirida muammo bor edi, keyin esa shamolllash uni bezovta qildi. Zlatan "Inter"ga qarshi o‘yinda maydonga tushish ehtimoli yuqori", - deydi Pioli.
Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Zlatan Ibragimovich A Seriyada 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol kiritishni uddaladi.
Fikrlar