"Milan" sobiq ustozi "Napoli"ni boshqarishi mumkin

  • 4 dekabr, 2019, 11:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Karlo Anchlotti "Napoli"dan iste’foga chiqariladigan bo‘lsa, jamoa boshqaruviga kelishi mumkin.

Tecno

Neapolliklar sport ishlari direktori Kristiano Juntoli mavsum yakunida yoki avvalroq klub boshqaruviga kelishi haqida Gattuzo bilan muloqot qilgan, deya xabar bermoqda Calciomercato.com.

Radio Marte, nashriga ko‘ra, "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis Anchelottini Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turi "Genk"ga qarshi o‘yindan so‘ng ishdan olishga va Gattuzoni bosh murabbiy etib tayinlashga qaror qilgan.

Sky Sport Italia esa, Anchelotti jamoa natijalariga qarab mavsum yakunida yoki avvalroq iste’foga chiqarilishi mumkin deya ta’kidlagan.

Nepolliklar 14 turdan so‘ng A Seriyada 7 o‘rinni band etib turishibdi.

Bundan tashqari, Gattuzo Vinchentso Montella ishdan olinadigan bo‘lsa "Fiorentina"ni boshqarishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!