"Milan" "Liverpul" posboniga qiziqish bildirmoqda

  • 10 dekabr, 14:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Milan" klubi "Liverpul" darvozaboni Alisson Bekkerga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, "Milan" "Liverpul" bilan muzokaralar olib bormoqda va tezroq kelishuvga erishishni xohlashmoqda. 33 yoshli posbonning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Alisson 2018 yildan beri "Liverpul"da o‘ynamoqda. Bu mavsumda u barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol o‘tkazib yubordi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalikning qiymati 17 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!