"Milan" "Liverpul" darvozabonini sotib olmoqchi
"Liverpul" darvozaboni Alisson Bekerga Italiyaning "Milan" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar berdi.
Jurnalistning yozishicha, italiyaliklar allaqachon "mersisaydliklar" bilan muzokaralarni boshlagan va tez orada kelishuvga erishishni xohlayotganini bildirmoqda. Hozir transfer uchun qulay vaqt hisoblanadi. Chunki 33 yoshli posboning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.
Braziliyalik darvozabonning hozirda transfer bozoridagi narxi 17 million evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Alisson 2018 yildan beri "Liverpul" safida harakat qilib keladi. Shu davr mobaynida posbon 312 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 131 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.



Fikrlar