"Milan" forvardi evrokuboklardan chetlatildi

  • 21 sentabr, 2019, 14:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi hujumchisi Ante Rebich Evrokuboklarning 5 ta uchrashuviga chetlatildi.

Tecno

26 yoshli futbolchi Evropa Ligasining saralash bosqichida "Ayntraxt" (3:0) klubiga qarshi o‘yinda qilgan harakatlari uchun UEFA intizom qo‘mitasi tomonidan jazolandi.

Bellashuv yakunida Rebich qizil kartochka oldi va maydonni tark etayotib hakam Oreli Grinfeldni haqorat qildi.

Bundan tashqari, UEFA "Ayntraxt" klubini 20 ming evro jarimaga tortdi va Evropa Ligasining navbatdagi uy uchrashuvi uchun fan-sektorni ma’lum qismini yopib qo‘ydi. Sababi, bahs davomida klub muxlislari raqiblarga turli hil buyumlar uloqtirishgan. Shu qatorda nemislar zinapoya yo‘laklarini berikitib qo‘ygani uchun yana 24 ming evro to‘lashdi.

Eslatib o‘tamiz, "Milan" Rebichni aynan "Ayntraxt" klubida ijaraga olgan edi va evaziga Andre Silvani mavsum oxirigacha ijaraga bergan.

Milanliklar UEFA bilan kelishgan holda Evropa Ligasida qatnashmaydigan bo‘lishdi. Bunga sabab, jamoaning moliyaviy tomondan muammolari borligidur.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!