"Milan" Bundesligadan yana bir murabbiyni ko‘z ostiga olib qo‘ydi
"Milan" rahbariyati jamoa bosh murabbiyligiga "Borussiya M" ustozi Marko Roze nomzodini ham ko‘z ostiga olib qo‘ydi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, agar "RB Leyptsig" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann va “buqalar”ning sobiq bosh murabbiyi Ralf Rangnik “rossonerilar”ni boshqarishdan bosh tortsa, milanliklar bor e’tiborlarini Rozega qaratishadi
Ayni damda "Milan"ni Stefano Pioli boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostidagi jamoa 7-o‘rinda bormoqda.



Fikrlar