
"Milan" "Arsenal" himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida
"Arsenal" himoyachisi Yakub Kivyor "Milan"ning transfer qiziqishlari doirasida qolmoqda. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, polshalik futbolchi "Porto"ga o‘tishga yaqin. Shunday bo‘lsa-da, "rossonerilar" "to‘pchilar" tarkibidagi 25 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish niyatidan voz kechmagan.
Yakub Kivyor hozircha Premer-liganing joriy mavsumida maydonga tushgani yo‘q. Transfermarkt o‘yinchining narxini 28 million evroga baholamoqda, uning "Arsenal" bilan tuzilgan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar