"Metallurg" Ukraina klubini mag‘lub etdi

  • 5 fevral, 2022, 20:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Turkiyaning Belek shahrida Bekobodning “Metallurg” jamoasi xorijdagi ilk nazorat uchrashuvini Ukrainaning “Metallist” (Xarkov) jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi barcha gollar birinchi taymda kiritildi.

Tecno

Dastavval Shohnazar Norbekov hisobni ochgan bo‘lsa, taym o‘rtalarida ukrainaliklar hisobni tenglashtirishdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida esa Farhod Bekmurodov jamoamizni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi. O‘z navbatida “Metallurg” posboni Aleksandr Lobanov birinchi taymda “Metallist” o‘yinchisining 11 metrlik belgidan jarima zarbasini qaytarganligini ham aytib o‘tish lozim.

met_5

“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Hakimxon Alamxonov, Farrux Ibrohimov, Ergash Ismoilov, Farxod Bekmurodov, Damir Temirov, Ibrohim Ibragimov, Salamat Quttiboev, Shohnazar Norbekov, Zabixillo O‘rinboev.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Akmal Ortiqov, Xudoyshukur Sattorov, Abbos Otaxonov, Odilbek Abdumajidov, Abrorbek Toshqo‘ziev, Muhammad Isaev, Fozil Musaev, Shahzodbek G‘ofurbekov, Jasur Ashurov, Shahzodjon Ne’matjonov, Zohid Abdullaev.

“Metallurg” keyingi uchrashuvni 9 fevral sanasida “Zarya” (Lugansk) jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!