"Metallurg" nazorat o‘yinida "So‘g‘diyona"ga yutqazib qo‘ydi

  • 18 iyun, 2023, 16:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari munosabati bilan milliy chempionatimizda tanaffus yuzaga kelgan. Mazkur bo‘shliqni to‘ldirish, futbolchilarga o‘yin amaliyotini taqdim etish uchun Bekobodning "Metallurg"  jamoasi kecha nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Tecno

Aslida "Metallurg"  dam olish kunlarida Superliganing ikki klubi – "So‘g‘diyona" hamda "Bunyodkor" bilan kuch sinashishni rejalashtirgandi.

Ammo Toshkent jamoasining rejalari o‘zgarib qolganligi sababli, "qaldirg‘ochlar"ga qarshi bugun o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘yin qoldirildi.

Kecha esa bekobodliklar Zominda "So‘g‘diyona"  mehmoni bo‘lishdi. Qiziqarli va murosasiz tarzda o‘tgan nazorat o‘yinida jizzaxliklar 2:0 hisobida zafar quchishdi.

"Metallurg" matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!