"Metallurg" ham ikkinchi bosqich yig‘inini boshladi. Serbiyalik legionerlar keldi

  • 11 yanvar, 2023, 09:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsum tadorigining ikkinchi yig‘inini ham «Metallurg» Bekoboddagi qarorgohida olib borayapti.

Tecno

Aytib o‘tganimizdek, bu galgi yig‘inga 9 yanvar kuni ertalabki reysda Ispaniyadan murabbiylar shtabi etib keldi. Kechki reysda esa Serbiyadan xorijlik futbolchilar Toshkentga uchib kelishdi va jamoaning yiiniga qo‘shilishdi.

Kecha kunning birinchi yarmida «Metallurg» stadionida, qor bilan qoplangan maydonda mashg‘ulotlar olib borildi. Har doim ham duch kelinavermaydigan bunday iqlim va sharoit mashg‘ulotlarning yanada jozibali hamda quvnoq o‘tishini ta’minladi.

met_1

Kunning ikkinchi yarmida esa futbolchilarga klub qarorgohidagi trenajer zalida qo‘shimcha jismoniy yuklamalar berildi.

Ilgari xabar berganimizdek, bu galgi yig‘in davomida «Metallurg» ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Sparring raqiblarimiz esa Toshkentning «Lokomotiv» hamda Samarqandning «Dinamo» jamoalari bo‘lishadi.

“Metallurg” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!