"Metallurg" bosh murabbiyi: "Biroz xafa bo‘ldim"

  • 8 fevral, 2023, 13:29
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing aksar klublari hozir Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsum tadorigini ko‘rishmoqda. Birgina “Metallurg” xorij yig‘inini amalga oshirmadi va o‘z qarorgohida shug‘ullanyapti.

Tecno

Shu masalada klub bosh murabbiyi Luisma Ernandes bilan suhbatlashish rejamiz bor edi. Kecha bo‘lib o‘tgan qur’adan keyin “Metallurg” ustozi bilan bog‘lanishga qaror qildik.

- Yangi mavsum uchun tashlangan qur’a haqida nima deya olasiz?

- Qur’a tashlash jarayonida har doim muvozanatga asoslangan kalendar bo‘lishini xohlaymiz. Bu safargi qur’a tashlash marosimi ham biz hohlagandek, ya’ni, muvozanatga ega bo‘lgan kalendar bo‘ldi deb o‘ylayman. Kuchli va kuch yig‘ib borayotgan jamoalardan iborat ajoyib taqvim hosil bo‘ldi.

- Jamoangiz chempionatni “Neftchi”ga qarshi o‘yin boshlaydi. Taxminingiz qanday edi?

- Albatta, boya aytganimdek, taqvim bo‘lishini xohlagandik va shunday ham bo‘ldi. Chunki dastlabki turlarda kuchli raqiblarga to‘p surish biz uchun qo‘shimcha tajriba bo‘ladi. Chempionatda har turdan-turga o‘zining shiddatkorligi va qiyin o‘tishi bilan yodda qoladi. O‘tgan mavsumda ham buni sezgandik. “Neftchi”ga keladigan bo‘lsak, kuchli klublardan biri. Ushbu jamoani yaxshi bilamiz. 1-turda bu raqibga qarshi to‘p surishimizni hisobga oladigan bo‘lsak, bugundan boshlab raqibni o‘rganishni boshlaymiz. Nafaqat “Neftchi”, balki keyingi raqiblarimizni ham yuqori darajada o‘rganib chiqamiz.

luisma1_4

- Hozirda “Metallurg”dan tashqari Superliganing barcha ishtirokchilari Antaliyada shug‘ullanishmoqda. Nima uchun jamoangiz xorij yig‘iniga bormadi?

- Albatta, mavsumoldi tayyorgarligini jamoalar Turkiyada o‘tkazishlari tabiiy hol. Shu davrda O‘zbekistondagi iqlim sharoiti murakkab bo‘lgani uchun odatda bunday paytda aksar jamoalar Turkiyaga yo‘l olishadi. “Metallurg” jamoasining ushbu safarni amalga oshirmaganiga kelsak, bu klub tomonidan chiqarilgan qaror bo‘ldi. Bu qarordan biroz xafa bo‘ldim. Lekin nima bo‘lganda ham klub bilan gaplashib bir qarorga keldikki, barcha sharoitlarni jamoaga tayyorlashga hamda bor imkoniyatga moslashishga, undan maksimal darajada foydalanishga harakat qilyapmiz.

- 15 fevralda transfer oynasi yakunlanadi. Ushbu sanagacha tarkibga yana yangi o‘yinchilar qo‘shiladimi?

- Albatta, “Metallurg” jamoasiga etarlicha o‘yinchilarni oldik. Ularning orasida legioner o‘yinchilar ham bor. Ushbu yigitlarning qilayotgan mehnatidan juda mamnunmiz. O‘rtoqlik uchrashuvlarida salohiyati yanada rivojlanib borayotganini ko‘rib turibmiz. Bundan juda xursandmiz. 15 fevralda transfer oynasi yopiladi. Ungacha yana ba’zi-bir o‘yinchilarni ham ko‘rishimiz mumkin.

ernandes1

- Xusniddin G‘ofurov ham “Metallurg” a’zosig aylandi. Undan qanday foydalanmoqchisiz?

- Chiqariladigan qaror klub rahbariyati va bosh murabbiy o‘rtasida bo‘ladi. Har bir o‘yinchini olishdan avval o‘zaro maslahatlashgan holda ish ko‘ramiz. Xusniddin G‘ofurovga keladigan bo‘lsak, u iqtidorli futbolchi. Hujumkor iste’dodga ega bo‘lgan o‘yinchilardan biri. Shu sababli G‘ofurovni jamoamiz safiga qo‘shib olishga qaror qildik. Bu futbolchidan iloji boricha mukammal darajada foydalanishga harakat qilamiz.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!