Messining yurtida hakam o‘yin vaqtida futbolchining ko‘ksiga pichoq urdi

  • 10 dekabr, 2023, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinaning Misones provintsiyasida g‘alati voqea sodir bo‘ldi. Futbol hakami Ramixio Armoa yoshlar jamoalari uchrashuvi chog‘ida futbolchining ko‘ksiga pichoq urgan. U politsiya tomonidan hibsga olindi.

Tecno

Bu haqda Goal nashri xabar tarqatdi.

Ma’lum bo‘yicha mudhish voqea o‘yin davomida kelib chiqqan mushtlashuv vaqtida, futbolchilar hakamni qurshab olgan pallada sodir bo‘lgan. O‘sha vaziyatda Armao qo‘liga pichoq olib, o‘yinchiga sanchgan.

Pichoqlangan futbolchi hushini yo‘qotgan, lekin tibbiyot xodimlarining tezkor harakatlari tufayli uning hayoti saqlab qolindi.  Ayni paytda uning hayotiga hech qanday xavf yo‘q.

Armoa voqea joyidan qochib qolishga uringan. Biroq politsiya hakamni qo‘lga olgan va jinoyat quroli bo‘lgan pichoq ham topilgan.

Voqea bo‘yicha jinoyat ishi ochildi va tergov davom ettirilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!