Messining o‘rniga chaqirtirilgan futbolchi “Barselona”ga ishonmadi!

  • 16 sentabr, 2021, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu mavsumni Lionel Messi va Antuan Grizmanni o‘tkazayotgan “Barselona” mazkur ikki hujumchi o‘rnini bosishga qodir futbolchi sifatida “Lids” va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Rodrigoni tanlagan edi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, 30 yoshli hujumchi kataloniyaliklarning takliflariga ko‘nmagan va Angliyada qolishga qaror qilgan. Rodrigoning “Lids” bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi.

Rodrigo o‘tgan yili “Valensiya”dan “Lids”ga o‘tganidan beri jami 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, ettita gol urdi va ikkita golli pas oshirdi.

“Barselona” Rodrigoni ko‘ndira olmaganidan keyin “Sevilya” vaikli Lyuk De Yongni o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!