
Messining kelajagi 2-3 hafta ichida hal bo‘ladi
PSJ Messi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, yaqin 2-3 xafta ichida Messi vakillari va PSJ o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Shundan so‘ng PSJ yangi shartnoma bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqmoqchi. Shartnomani imzolash bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishish uchun tomonlar yakuniy tafsilotlarni muhokama qilish niyatida.
Avvalroq, Messi PSJ bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emasligi borasida xabarlar chiqayotgandi.
35 yoshli hujumchi joriy mavsum PSJ safida barcha turnirlarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 14 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar