
Messining "Barselona"ga qaytishiga kim to‘sqinlik qilyapti?
Argentina terma jamoasi va PSJ hujumchisi Lionel Messi hali ham "Barselona"ga qaytishi mumkin. 35 yoshli futbolchiga "ko‘k-anorranglilar"dan taklif bor, biroq bu transferga futbolchining otasi Xorxe qarshilik qilmoqda.
Insayder Jerar Romeroning so‘zlariga ko‘ra, Messi “Kamp Nou”da qaytgan taqdirda yuqori soliqlar bo‘lishi ehtimolidan mamnun emas. Agent Ispaniyadagi qonunchilikning sportchilarga nisbatan tartibga solinishidan norozi.
Avvalroq Messiga Saudiya Arabistonidan foydali taklif borligi xabar qilingandi. “Al-Hilol” klubi argentinalik futbolchiga yiliga 500 million evro to‘lashga tayyor.
Fikrlar