Messini qo‘yib yuborishga majbur emasmiz!

  • 8 noyabr, 2021, 12:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Lionel Messi jarohatidan davolanayotganiga qaramay, 2022 yili Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatining saralash turnirida ishtirok etish uchun Argentina terma jamoasiga chaqirtirilgan.

Tecno

PSJ sport direktori Leonardo klub jarohatidan tiklanayotgan yarim himoyachi Leandro Paredes va hujumchi Lionel Messini Argantinaning noyabr oyidagi o‘yinlariga qo‘yib yuborishga majbur emasligini ta’kidlamoqda.

Bizning fikrimizga ko‘ra, etarli jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lmagan va jarohatidan tiklanish jarayonida bo‘lgan o‘yinchilarni terma jamoaga qo‘yib yuborish majburiyatiga qo‘shilmaymiz. Bunda hech qanday mantiq yo‘q va bu holatni muvofiqlashtirish uchun FIFA huquqiy tomondan e’tibor qaratishi talab etiladi, - dedi Leonardo.

Ma’lumotlarga qaraganda, Messi tizza va tizzaosti payidan shikastlangan va davolanishni davom ettirmoqda. Paredes esa son qismidan olgan jarohatidan endi qutildi va mashg‘ulotlarga qo‘shilganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q.

Argentina terma jamoasi tibbiy xodimlari Messi va Paredes 17 nyabr kuni Braziliya terma jamoasi bilan bo‘ladigan muhim uchrashuvgacha maydonga tushishga tayyor bo‘ladi, deb hisoblamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!