
Messini “Barsa”ga olib keladigan “boyvachcha” topildi
Lionel Messining “Barselona”ga qaytishi eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzuga aylandi. Bunga argentinalik yulduzni PSJ bilan shartnomani yangilashdan bosh tortayotgani va kataloniyaliklarning o‘z tarbiyalanuvchisini ortga qaytarish yo‘llarini qidirayotgani sabab bo‘lmoqda.
Taniqli jurnalist Shey Lugassining ma’lum qilishicha, Birlashgan Arab Amirliklaridan yirik homiy chiqqan va u Messining transferini moliyalashtirishga tayyorligini bildirmoqda.
Rejaga ko‘ra, homiy klubga etarli darajada sarmoya kiritadi va bu kataloniyaliklarning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmagan holda argentinalik yuluzni olib kelish imkoniyatini ta’minlaydi.
“Barselona” rahbariyati ayni paytda Messini qaytarish yo‘llarini qidirmoqda. Klub hozirgi holatida Messi darajasidagi futbolchini transfer qila olmaydi.
Bunga klubning moliyaviy ahvoli va moliyaviy feyr-pley qoidalari yo‘l qo‘ymaydi.
Fikrlar