
"Messidan bir shisha vino qarzim bor"
Pep Gvardiola Lionel Messining faoliyatiga ta’siri borasida fikr bildirdi.
"Messi faoliyatimga katta ta’sir o‘tkazgan. U meni yana ham kuchli qildi. O‘shanda "Barsa"da ideal yoshdagi ko‘plab yulduzlar, yuqori saviyadagi tajribali futbolchilar o‘ynardi. Bunday holat hayotda bir marta sodir bo‘ladi.
Xavi, Inesta, Puyol kabi nomlarni ham ta’kidlab o‘tish lozim. Messisiz ham sovrin yutgan bo‘lardik, lekin bunchalik emas.
Men Leodan bir shisha vino qarzdorman. Sababi, uning sharofati bilan yaxshiroq shartnomalarga erishdim", - dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi "Diario Ole" nashriga bergan intvervyusida.
Fikrlar