Messi yana bir jabhada Maradonaga tenglashib oldi

  • 14 dekabr, 2022, 13:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi jahon chempionati finalidagi o‘yinlari soni bo‘yicha Diego Maradonaga tenglashdi.

Tecno

Argentina JCh-2022 yarim finalida Xorvatiyani 3:0 hisobida mag‘lub etib, finalga chiqdi. Endi janubiy amerikaliklar hal qiluvchi bahsda Frantsiya yoki Marokash bilan to‘qnash kelishadi.

Aytish kerakki, Messi ikkinchi marta jahon chempionati finaliga chiqdi. Bundan avval 2014 yilda Argentina terma jamoasi final uchrashuvida Germaniyaga mag‘lub bo‘lgandi (0:1).

E’tiborlisi, Messi mundiallar finaliga chiqish bo‘yicha afsonaviy Diego Maradonaga tenglashib oldi. Boisi Maradona ham faoliyati davomida ikki marta jahon chempionati finalida o‘ynagan. Argentinaliklar 1986 yilgi finalda Germaniyani 3:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, 1990 yilda ham hal qiluvchi o‘yinda yana nemislarga qarshi bahs olib borgan. Biroq bu safar 1:0 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlanishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!