
Messi va Xavi o‘zaro gaplashgan
Argentina terma jamoasi va PSJ hujumchisi Lionel Messi "Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes bilan "Kamp Nou"ga qaytishi borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda "Barca Universal" nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi ispaniyalik mutaxassis bilan shaxsiy suhbatda "Barselona"ga qaytishni istayotganini bir necha bor aytgan. Aynan Leoning o‘zi Kataloniya grandiga qaytish g‘oyasini ilgari surmoqda.
Argentinalik hujumchining poytaxt klubi bilan shartnomasi 2023-yilning iyunida yakuniga etadi.
Fikrlar