
Messi va uning do‘stlari Amerikani zabt etishdi yoxud "Inter Mayami" MLSda mavsum chempioniga aylandi
MLSning ushbu mavsumdagi chempioni aniq. "Inter Mayami" 34-turda "Nyu-Inglend"ni o‘z maydonida qabul qilib, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda Messi xet-trik qilgan bo‘lsa, Suares ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Kremaski o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Mehmonlar tarkibidan Langomi va Borrerolar javob qaytarishdi.
Shu tariqa, mayamiliklar 74 ochko bilan MLSning mavsum chempioniga aylandi.
Fikrlar