
Messi uzoqlarga ketishni ma’qul topdi
Yozda PSJdagi ikki yillik faoliyatini yakunlab, kutilmaganda “INter Mayami” taklifini qabul qilgan Lionel Messi yil davomida o‘ziga takliflar juda ko‘p bo‘lganini aytdi.
- Joriy yilda menga juda ko‘p takliflar bo‘ldi. Ularning aksariyati Evropa klublari va Saudiya Arabistonidan edi.
Lekin men va oilam Mayamiga ko‘chib o‘tishga qaror qildik. Hozir bu qarorimizdan mamnunmiz. Chunki AQShda o‘zimizni juda yaxshi his qilyapmiz, - dedi Lionel Messi.
Argentinalik yulduz yangi jamoasi safida barcha turnirlarda 14 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 1 marta ishg‘ol qildi va beshta golli pas uzatdi.
36 yoshli futbolchi yaqinda o‘z faoliyatidagi sakkizinchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritib, bu borada mutlaq rekordchiga aylandi.
Fikrlar