
Messi uchun mushtlashadigan fanatlar guruhi paydo bo‘ldi
Lionel Messining AQShga ko‘chib o‘tishi Amerika futboliga o‘z ta’sirini o‘tkaza boshladi. Bu mintaqa vakillari futbolga yanada kuchliroq e’tibor qaratmoqda.
Shu bilan birga tartib-qoidalarga bo‘ysunmaydigan ashaddiy fanatlar Messiga o‘z bilganlaricha muxlislik qilmoqda.
Daily Mail nashrining yozishicha, argentinalik yulduz tarafdori Ligalar kubogi doirasida “Dallas”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida tribunada boshqa muxlislar bilan mushtlashuv uyushtirgan.
Manbaga ko‘ra, jami to‘rt kishi, ular orasidan bir yigit va qiz Messining futbolkasini kiyib olib, janjallarda faol qatnashgan. Buning oqibatida politsiya vakillari bir kishini hibsga olishiga to‘g‘ri keldi.
Fikrlar