
Messi Ronalduni yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha ortda qoldirdi
PSJ hujumchisi Lionel Messi Liga 1 doirasida "Monpele"ga qarshi o‘yinda (3:1) gol urdi.
Argentinalik futbolchi "An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronalduning kuchli beshlik chempionatlarida gol urish bo‘yicha rekordini yangiladi. Hozirda Leoning top-5 chempionatlardagi gollari soni 697 ta, Ronalduda esa 696 ta. E’tiborlisi, Messi Ronaldudan 84 ta kam o‘yin o‘tkazgan.
Qayd etish lozim, amaldagi jahon chempioni ayni vaqtda Frantsiya chempionatida to‘p tepmoqda va unda ushbu rekordni mustahkamlab qo‘yish imkoniyati mavjud.
Fikrlar