
Messi Ronalduni ta’qib qilmoqda
Evropaning eng nufuzli musobaqasida to‘purarlik poygasi qizg‘in davom etmoqda. Lionel Messi uzoq yillik raqobatchisi Krishtianu Ronalduni quvishda davom etyapti. Ronalduning to‘xtash niyati yo‘q.
Chempionlar ligasining 1/8 final javob uchrashuvlaridan bu turnir tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchilarning bari o‘z hisobiga navbatdagi gollarni yozdirib qo‘ydi.
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bir juft goli bilan jamoasini keyingi bosqichga olib chiqolmagan bo‘lsa-da, turnirdagi gollari sonini 130 taga etkazib, rekordini mustahkamladi.
Lionel Messi jarohat olgan o‘yinda “Napoli”ni darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi va Chempionlar ligasida “Barsa” uchun urgan 115-golini nishonladi.
Bu ikki to‘p ortidan joylashgan va faoliyatini bir necha yil muqaddam yakunlagan “Real” hujumchisi Raul Gonsales 71 ta aniq zarba bilan kuchli uchlikni yakunlagan. Biroq, u ispaniyalik sobiq hujumchi tez orada kuchli uchlikdan chiqib ketadi. Chunki uni ta’qib qilayotgan “Bavariya” to‘purari bu gal bir juft to‘p kiritib, gollari sonini 66 taga etkazdi va jami 65 ta gol urgan “Real”ning yana bir vakili Karim Benzemadan o‘zib ketdi.
Joriy mavsum musobaqasida Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema ishtirokini yakunlagan bo‘lsa, Lionel Messi va Robert Levandovski kurashni davom ettirmoqda.
Fikrlar