
Messi Ronaldudan oldinda!
Give Me Sport nashri XXI asrda klublar miqyosidagi o‘yinlarda gollar nisbati bo‘yicha etakchi futbolchilari reytingini e’lon qildi.
Unga kura, birinchi pog‘onaga “Barselona” sardori Lionel Messi loyiq topildi. Argentinalik hujumchi 726 ta o‘yinda 630 ta gol urgan. Bu bir o‘yinga o‘rtacha 0,87 ta gol deganidir. Messining azaliy raqobatchisi Krishtianu Ronaldu esa bitta uchrashuvda o‘rtacha 0,77 ta gol urmoqda.
Reyting bilan tanishing:
- Lionel Messi (0,87).
- Krishtianu Ronaldu (0,77).
- Robert Levandovski (0,73).
- Luis Suares (0,67).
- Neymar (0,65).
- Kilian Mbappe (0,65).
- Garri Keyn (0,63).
- Zlatan Ibragimovich (0,62).
- Edinson Kavani (0,61).
- Rud Van Nistelroy (0,60).
- Serxio Aguero (0,59).
- Radamel Falkao (0,58).
- Terri Anri (0,57).
- Ronaldo (0,56).
- Pauleta (0,56).
Fikrlar