
Messi Ronaldudan ko‘p maosh olish uchun jamoasini o‘zgartirishga rozi bo‘ldi
PSJ hujumchisi Lionel Messi hozir har mavsum uchun 38 million evro atrofida maosh olmoqda. Parij klubi argentinalik yulduzga yangi shartnoma taklif qilgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Messi maoshi pastroq ko‘rsatilgani uchun uni qabul qilmagan va muzokara to‘xtatilgan.
El Chiringuito nashri jurnalisti Xayme Astraynning yozishicha, jahon chempion huddi Krishtianu Ronaldu singari Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga tayyor. U arab shayxlaridan mo‘may daromadli taklif bo‘lsa, qabul qilishga ko‘ngan.
Leoga agentlik qilayotgan otasi Xorxe Messi o‘g‘liga qiziqish bildirayotgan “Al-Hilol”dan ikki mavsum uchun 600 million evro so‘ragani aytilmoqda. Messi tarafdorlari uning Ronalduga nisbatan sezilarli darajada ko‘p maosh olishi adolatdan ekanini ta’kidlamoqda.
“An-Nasr” bilan 2,5 yillik bitimga kelishgan portugaliyalik yulduz har mavsum uchun 200 million evrodan mablag‘ oladi.
Fikrlar