Messi rafiqasining gapiga kiradimi?

  • 16 yanvar, 2022, 15:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning argentinalik hujumchisi Lionel Messi yana “Barselona” futbolchisiga aylanishi mumkin, deya xabar bermoqda The Mirror.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Messining rafiqasi Parijda baxtli emas. Qayd etilishicha, Antonella Rokutstso turmush o‘rtog‘idan "Barsa"ga qaytishni so‘ragan.

Shuningdek, Messining farzandlari Parij klubiga moslasha olmasligi, uning oilasiga Parij iqlimi yoqmasligi ham aytilgan. Futbolchini "Barselona"ga qaytishga bosh murabbiy Xavi va himoyachi Dani Alves ko‘ndirishmoqda.

Ammo futbolchining otasi va agenti Xorxe Messi o‘g‘lining “Barselona”ga qaytishi tarafdori emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!