Messi qo‘rqyapti!

  • 13 mart, 2023, 22:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Argentinada Messilar oilasi bog‘liq noxush voqea sodir etilgandi. Ya’ni, qurollangan shaxslar Leoning qaynotasi Xose Rokutstsoga tegishli do‘konni o‘qqa tutgandi.

Tecno

Manbalarning ta’kidlashicha, do‘konga 14 ta o‘q uzilgan va “Messi, biz seni kutyapmiz”, degan yozuv qoldirib ketilgan.

Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatidan keyin Messi Argentinaning haqiqiy qahramoniga aylangan edi. Bu tahdid esa, kutilmagan voqea bo‘ldi.

Leo bungacha bir necha marotaba faoliyatini o‘zining ilk jamoasi -  “Nyuells Old Boyz”da yakunlanishini aytgan.

The Athletic nashrining ta’kidlashicha, do‘kondagi voqea 35 yoshli yulduzning tanloviga ta’sir qilishi ehtimoli katta. Leo o‘zi va oilasini xavfga qo‘ymaslik uchun Rosario shahriga qaytib bormaligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!