Messi PSJda ham qololmaydi, “Barsa”ga ham kelolmaydi!

  • 25 mart, 2023, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga prezidenti Xaver Tebas PSJdan ketishi kutilayotgan Lionel Messining kelajagi borasida fikr bildirdi.

Tecno

- Messining kelajagi haqida nima deyish mumkin? Men “Barselona” haqida ham, PSJ to‘g‘risida ham gapirishim mumkin. “Barselona”ning hozirgi moliyaviy holatini inobatga olsak, Messi Kataloniyaga qaytolmaydi. Buning uchun maoshining katta qismidan voz kechishi kerak. Bunaqa qilishi esa, juda g‘alati bo‘ladi.

Xuddi shu maosh miqdori sababli PSJda ham qololmaydi. Bu ikki klubning maosh masalasidagi holati bir biriga yaqin. PSJning futboldagi daromadi “Barsa”nikidan kam.

PSJ – neftdan pul qilayotgan va g‘irrom yo‘l bilan moliyalashtirilayotgan loyiha. Shuning uchun jamoa Chempionlar ligasidan chiqib ketgani uchun kuldim.

Messining La Ligaga qaytishini hal qilishi mumkin bo‘lganlar faqatgina “Barselona” rahbarlaridir. Men uning “Barsa”ga qaytib shu erda faoliyatini tugatishiga umid qilaman. Lekin buning uchun “Barselona” kimlarnidir qo‘yib yuborib, Messini ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatini qilishi kerak. Messi uchun qoidalarni o‘zgartira olmayman, -dedi Xaver Tebas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!