
Messi PSJ bilan shartnoma imzolamay turishga qaror qildi
PSJ rahbariyati tez kunlarda jamoa hujumchisi Lionel Messi bilan uchrashuv o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Tomonlar mavsum oxirida yakunlanadigan hamkorlikni muhokama qilish maqsadida muzokara o‘tkazadi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, Lionel Messi va PSJ xo‘jayinlari shartnomani rasmiylashtirish borasida shoshilmaslikka qaror qilgan.
Bo‘lajak uchrashuvda amaldagi jahon chempioni klub mutasaddilari bilan hamkorlik shartlarini muhokama qilishi aytilmoqda.
Fikrlar