
Messi Pedriga maslahat berdi
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri PSJga o‘tgan sobiq jamoadoshi Lionel Messi bilan munosabatlari haqida gapirdi.
"U bilan o‘ynash orzum ro‘yobga chiqdi. Messi "Golden Boy" sovrinini qo‘lga kiritgan paytida men 3 yoshda edim. Leo har doim "Barsa" muxlislari uchun afsona bo‘lib qoladi va men undan maslahat olishdan faxrlanaman. Qaysi yosh futbolchi bunday yirtqichning maslahatini rad etadi.
U meni tabrikladi va hech qachon taslim bo‘lmaslikni aytdi. Bunday holatda itoat qilishdan boshqa yo‘l yo‘q va shunday ham bo‘ladi", - dedi Pedri.
Fikrlar