Messi otasidan aynan mana shu jamoani gaplashib berishni so‘radi

  • 29 mart, 2023, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJdagi shartnomasi yakunlanib borayotgan Lionel Messi faoliyatini “Barselona” davom ettirishga tayyor.

Tecno

Catalunya Radio jurnalistlarining ma’lum qilishicha, argentinalik yulduz o‘ziga agentlik qilayotgan otasi Xorxe Messidan “Barselona” rahbariyati bilan muzokara olib borishni va klub prezidenti Joan Laporta bilan shaxsan gaplashishni so‘ragan.

Leoning o‘zi bo‘lajak transfer masalasini sobiq jamoadoshi va “Barsa”ning hozirgi bosh murabbiyi Xavi Ernandes bilan muhokama qilayotgani ta’kidlandi.

Ma’lumotlarga qaraganda, klubning texni xodimlari va jamoa o‘yinchilari ham Lionel Messining klubga qaytishini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Messi kataloniyaliklar safida jami 778 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 672 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 303 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!