Messi “Oltin to‘p” haqida o‘tkir gap aytdi

  • 19 avgust, 2023, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi futbolchilarga beriladigan eng nufuzli individual sovrin – “Oltin to‘p” haqidagi qarashlarini oshkor qildi.

Tecno

- Faoliyatim davomida “Oltin to‘p” haqida juda ko‘p fikr bildirganman. Bu juda nufuzli sovrin, lekin men unga hech qachon ahamiyat qaratgan emasman.

Men uchun eng muhimi – jamoa bilan qo‘lga kiritiladigan sovrinlardir. Omadim kelib, faoliyatim davomida hamma narsaga erishdim. Ayniqsa, oxiri bo‘lib o‘zimga etishmayotgan sovrin – jahon chempionligiga sazovor bo‘ldim va shundan keyin “Oltin to‘p” haqida o‘ylamay qo‘ydim.

Mening eng katta yutug‘im esa, bugungi kunda ham futboldan bahra olayotganimdir, - dedi Lionel Messi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!