
Messi menga dars berdi
“Inter Mayami” yarim himoyachisi David Ruis argentinalik yulduz Lionel Messining maslahati unga foyda berganini tan oldi.
- Messi menga bir maslahat berdi. U xotirjam o‘ynashimni aytdi. Men har bir to‘pning ortidan yugurish, to‘pni ushlab turish uchun bo‘sh joy tanlash uchun ko‘p kuch va vaqt sarflar ekanman. Messi menga o‘z pozitsiyamda qolishimni va shunda to‘p menga kelishini aytdi.
Leoning aytganini qildim va hammasi shunday bo‘lib chiqdi. Hozir ancha xotirjam o‘ynayapman, - dedi David Ruis.
Lionel Messi “Inter Mayami”ning Ligalar kubogida g‘olib chiqishiga katta hissa qo‘shdi. 36 yoshli hujumchi ettita uchrashuvda jami o‘nta gol urdi va musobaqa to‘purari bo‘ldi.
Fikrlar