
Messi kuchlimi yoki Maradona?
"Inter" klubi sobiq futbolchisi Alvaro Rekoba "Barselona" forvardi Lionel Messi afsonaviy hamyurti Diego Maradonadan kuchli ekanini aytdi.
“Messi tarixdagi eng zo‘r futbolchi deb o‘ylayman. Bolaligimda Diego Maradona qanday o‘ynaganini ko‘rganman. U aql bovar qilmas edi, ammo Messi bu juda uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan hodisa. Buni hamma ham tushunmaydi, lekin u faoliyatini tugatgach, buni albatta tushunib etishadi”, - deydi Rekoba.
Messi butun faoliyatini “Barselona”da o‘tkazib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida kataloniyaliklar safida jami 718 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 627 ta gol hamda 261 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U “ko‘k-anor ranglilar” bilan birga 10 karra Ispaniya chempioni va 4 karra Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. Bundan tashqari, Leo Argentina terma jamoasi tarkibida 138 ta o‘yinda maydonga tushdi va 70 ta gol urdi.
Fikrlar