
Messi jahon chempioni bo‘lsa, “Barsa” pul oladi
Argentina terma jamoasi Qatardagi jahon chempionati finalida amaldagi chempion Frantsiya futbolchilari bilan kuch sinashadi.
Bu final Messiga armon bo‘lib qolayotgan yagona sovrin – jahon chempionligi uchun so‘nggi imkoniyatdir.
Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, agar Lionel Messi jahon chempioni bo‘lsa, uni tarbiyalagan “Barselona” 120 ming evro miqdorida mukofot puli oladi.
Leo 2005-2021 yillar davomida Kataloniya klubi sharafini himoya qilgan. Hozir PSJ uchun to‘p tepayotgan yulduz, mundialdan keyin faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishini hal qilishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar