
Messi Ispaniyada “Barselona”ning ikki futbolchisi bilan uchrashdi (foto)
Frantsiya chempionatining dastlabki turida “Klermon”ni mag‘lub etgan (5:0) PSJ futbolchilari kichik dam olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Lionel Messi bu vaqtdan foydalanib, Barselonaga borishga qaror qildi.
Argentinalik u erda eski do‘stlari bilan kechki ovqat qildi. Hashamatli restoranda Messi bilan birga bo‘lganlar orasida "Barselona"ning ikki futbolchisi - Serxio Buskets va Xordi Alba ham bor edi.
Shuningdek, Lionelning hozirgi ikki jamoadoshi Leandro Paredes va Marko Verratti ham bazmda qatnashgan. “Mudpo Deportivo” nashrining xabar berishicha, futbolchilar u erda klubdagi kelajagi borasida suhbatlashgan.
So‘nggi paytlarda matbuotda Lionel Messining kelasi yozda "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqida ko‘plab mish-mishlar tarqalgan edi. Bir qancha OAV uchrashuv aynan shu sabab o‘tkazilgan deya taxmin qilishmoqda.
Fikrlar