
Messi "Instagram"da tuxumdan o‘tib ketdi va rekord o‘rnatdi (foto)
Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Lionel Messining "instagram"da kubok bilan tushgan suratlar kollektsiyasi rekord o‘rnatdi. Unga ko‘ra, Leoning ushbu posti 56 milliondan ortiq "layk" to‘pladi va tarmoqda eng ko‘p "layk" yig‘gan postga aylandi.
Bundan oldingi eng yaxshi natija 2019 yil yanvar oyida joylangan tovuq tuxumi surati edi. Ushbu rasmga 56 milliondan sal kamroq "layk" bosilgan.
Fikrlar