
Messi bunga chidolmaydi. Uni yana xafa qilishdi
PSJ hujumchisi Lionel Messi Frantsiya matbuotining ayovsiz tanqidlaridan norozi bo‘lmoqda, deb xabar tarqatdi Le Parisien nashri.
Manbaning ma’lum qilishicha, argentinalik yulduz jurnalistlar bosimiga dosh berolmayapti. U bir necha bor jamoa ichida buni ochiq aytgan va klub rahbariyati bilan shu masalada suhbatlashgani aytilmoqda.
Lionel Messi “Barselona”da etakchisi bo‘lgan davrda klubning katta muvaffaqiyatlari uning nomiga bog‘lanar edi. Biroq Parij klubining lideri boshqa o‘yinchi, ya’ni Kilian Mbappe.
Leo o‘tgan yilning avgust oyida “Pari Sen-Jermen” safiga erkin agent sifatida qo‘shildi. Joriy mavsum milliy chempionatda 15 ta uchrashuvda ikkita gol urib, jamoadoshlariga 11 ta golli pas oshirdi.
34 yoshli hujumchining PSJ bilan hamkorligi 2023 yilning yozigacha rasmiylashtirilgan.
Fikrlar