Messi bu haqiqatni biladi!
Argentina terma jamoasi hujumkor futbolchisi Leonardo Paredes PSJdagi o‘zi bilan birga o‘ynagan jamoadoshi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
- Biz uchun Lionel Messi o‘zini yaxshi va baxtiyor his qilishi juda muhim. Leo oldimizdagi mundial o‘zi uchun oxirgi jahon chempionati bo‘lishi mumkin ekanini juda yaxshi biladi. Shuning uchun bor e’tiborini shu musobaqaga qaratgan. Unda g‘olib chiqish yoqimli bo‘lardi, - dedi Leonardo Paredes.
Argentina terma jamoasi Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida Saudiya Arabistoni, Meksika va Polsha bilan birga guruhdan joy olgan.
Messi o‘tgan yili yozda terma jamoasi bilan birga ilk marotaba Amerika kubogida birinchi o‘rinni egalladi.



Fikrlar