Messi bor joyda Grizmannga o‘rin yo‘q!

  • 23 oktabr, 2020, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mashhur murabbiy Arsen Venger “Barselona”ning muhim o‘yinchisiga aylana olmayotgan hamyurti Antuan Grizmann haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

- Har qanday futbolchi uchun o‘z pozitsiyasida o‘ynamaslik ma’lum bir qiyinchiliklarni tug‘diradi. Avvaliga futbolchi bunga rozi bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan bunday vaziyat unga o‘z mahoratini namoyish etishga to‘sqinlik qilayotganini tushunib etadi.

Grizmann aslida hujum markazida o‘ynashi kerak bo‘lgan o‘yinchi. U aniq pas bera oladi, gol urishga qodir. Eng katta muammo shundaki, Grizmann moslashgan joy Messining hududi hisoblanadi, - dedi Arsen Venger.

Kataloniya klubida o‘zini ko‘rsata olmayotgan Grizmann yozda jamoani tark etmoqchi ekani haqida xabarlar kela boshladi. Shuningdek, Lionel Messi ham “Barsa”dan ketish taraddudida yuribdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!