
Messi bo‘lsa, o‘ziga!
Lionel Messi o‘ynayotgan “Inter Mayami” Ligalar kubogi musobaqasining 1/16 finalida “Orlando” ustidan 3:1 hisobida zafar quchgan edi.
Raqib jamoa bosh murabbiyi Oskar Parexo uchrashuvni boshqargan hakamlar brigadasini keskin tanqid qildi.
- Bu o‘yin emas, tsirk bo‘ldi. Lionel Messiga ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatilishi shart edi. Messi bo‘lsa, o‘ziga. Hakamning ko‘pgina qarorlari, xususan, penalti belgilanishi kulgili bo‘ldi. Biz bundan hayron bo‘ldik, lekin o‘zimizni qo‘lga olishga harakat qildi. Bu bahsda bo‘lishi kerak bo‘lmagan vaziyatlar yuzaga keldi, - dedi Oskar Parexo.
Lionel Messi uchrashuvda dubd qayt etib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Fikrlar