Messi bir jamoadan konkret taklif kutyapti

  • 1 aprel, 2023, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Lionel Messining amaldagi shartnomasi tobora yakunlanib bormoqda. Argentinalik yulduz hali o‘ziga yangi jamoa tanlab bo‘lgani yo‘q.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Messi o‘zini tarbiyalagan “Barselona”ga qaytishga moyil bo‘lib turibdi. Manbalarning ta’kidlashicha, jahon chempioni Parij klubida qolmoqchi emas va PSJ mutasaddilarining harakatiga qaramay, ular bilan yangi kelishuv imzolamaydi.

Lionel Messi “Barselona” vakillarining o‘zaro hamkorlik bo‘yicha aniq taklif berishini kutyapti. Agar vaziyat hujumchi kutganidek bo‘lmasa, Leo boshqa variantlarni ko‘rib chiqadi.

Kataloniyaliklar ham Messiga taklif yuborishga shoshilmayapti. Chunki 35 yoshli futbolchining maoshi kattaligi “Barselona”ning moliyaviy inqirozini chuqurlashtirib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!