Messi bilan jahon chempioni bo‘lgan o‘yinchi futboldan ikki yilga haydaldi

  • 22 oktabr, 2023, 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida g‘olib chiqqan 35 yoshli Alexandro Gomes ikki yilga futboldan chetlatildi.

Tecno

Bunga uning doping qabul qilgani o‘z isbotini topgani sabab bo‘ldi, deb xabar tarqatdi Relevo nashri.

Manbaga ko‘ra, 2022 yilgi jahon chempionati boshlanishidan oldin “Sevilya” mashg‘ulotlariga kutilmaganda doping-nazoratchilari keladi va o‘yinchilardan tahlil oladi. Ana o‘shada olingan tahlillarda Gomesning qonida ta’qiqlangan modda borligi aniqlanadi.

Futbolchining ta’kidlashicha, o‘sha payt futbolchi tunda o‘zini yomon his qiladi va uxlashga qiynaladi va klub tibbiyot xizmati bilan maslahatlashmay, farzandining yo‘talga qarshi dorisini iste’mol qiladi.

Doping tahlili jahon chempionatidan oldin olingan bo‘lsa-da, futbolchini diskvalifikatsiya qilish haqidagi qaror yaqinda chiqdi.

Ayrim manbalar, yoshi o‘tib qolayotgan futbolchi boshqa maydonga qaytmay, faoliyatini yakunlashini yozmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!